add

Bojxona organlari to‘lovli xizmatlari tariflari tasdiqlandi

14.08.2025 | 14:3027012

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan to‘lovli xizmatlar ro‘yxati va tariflari tasdiqlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘iga ko‘ra, ro‘yxat 68 turdagi xizmatni o‘z ichiga oladi.

Bojxona organlari to‘lovli xizmatlari tariflari tasdiqlandi
Taqdim etiladigan xizmatlar tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini berishdan tortib, Markaziy bojxona laboratoriyasi va Bojxona instituti xizmatlari hamda Milliy kinologiya markazi veterinar yordamlarigacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi. Eng qimmat xizmat — tashqi savdo bojxona statistikasi bo‘yicha ma’lumotlarni Bojxona qo‘mitasi axborot tizimlariga integratsiya orqali bir yil davomida olish. Bu xizmat 50 mingta tovargacha 25 BHM, 4 million tadan ortiq tovar uchun esa 250 BHM etib belgilangan. Markaziy bojxona laboratoriyasi to‘qimachilik matolari tarkibini aniqlash (2–4 BHM), qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlarni ekspertiza qilish (0,4 foiz BHMdan 1,5 BHMgacha) kabi xizmatlar ko‘rsatadi. Milliy kinologiya markazi esa 50 dan ortiq veterinar xizmat taklif etadi. Jumladan, — Mushuk yoki itni klinik tekshiruvdan o‘tkazish (10 foiz BHM); — Turli operatsiyalar o‘tkazish (30 foiz–50 foiz BHM); — Kasalliklarni davolash (10 foiz–30foiz BHM); — Veterinarni chaqirish (15 foiz BHMdan 1 BHMgacha); — Laboratoriya tekshiruvlari (10 foiz BHM); — Hayvonlarni joyiga borib o‘qitish (1 soatga 50 foiz BHM) shular jumlasidir.

Teglar

Mavzuga oid