add

Bosh prokuror va’dasi, gapirilmaydigan elitar korrupsiya va tishsiz" agentlik – Fikr vaqti

06.09.2025 | 23:002212

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha tahlilchi Qodir Quliyev hamda “Korrupsiyasiz kelajak” NNT tashkiloti rahbari Raimjon Mirzaolimov bilan shu va boshqa savollar atrofida gaplashdik.

Bosh prokuror va’dasi, gapirilmaydigan elitar korrupsiya va tishsiz" agentlik – Fikr vaqti
O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi tantanalari arafasida turli soha vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi. O‘sha tadbirda mamlakat Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2 darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvonini qabul qilib olarkan, prezidentga yil oxirigacha O‘zbekistonni maishiy korrupsiyadan xoli hududga aylantirish haqida va’da bergan edi. Xo‘sh, O‘zbekiston sharoitida maishiy korrupsiyani batamom tugatish bugun qanchalik imkonli ish, shuningdek, Yo‘ldoshev nega faqat maishiy korrupsiya haqida gapirdi, elitar korrupsiyachi? Bugun ularga qarshi kurash uchun qanday ishlanmoqda-yu, yana nimalarga e’tibor qaratish kerak? Videoni YouTubeʼda tomosha qiling: 👉https://youtu.be/vwmoWEHzGr4

Teglar

Mavzuga oid

Bosh prokuror va’dasi, gapirilmaydigan elitar korrupsiya va tishsiz" agentlik – Fikr vaqti | Vaqt.uz