
Braziliyaning sobiq prezidenti 27 yillik qamoq jazosini o‘tashni boshladi
Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishi urinishi sud tomonidan 27 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. U endi jazoni qattiq rejimli koloniyada o‘tashni boshladi.

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 27 yildan ziyod qamoq jazosini o‘tashni boshladi. U Braziliyadagi Federal politsiya tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Jazo mamlakat Oliy Federal sudi qarori bilan belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Bolsonaru 24 yil-u 9 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan, bu muddatning 2 yilu 6 oyi nazorat ostida bo‘ladi.
TASS xabariga ko‘ra, sudya Aleshandri di Morays hukmni e’lon qilar ekan, sudning endi bu ish bo‘yicha apellyatsiyalar qabul qilmasligini ma’lum qildi. Bolsonaru 22-noyabr kuni hibsga olingan, unga elektron kuzatuv brasletini buzishga urinish sabab bo‘lgan.
Jinoiy ishga asos bo‘lgan voqea 2023 yil yanvarda sodir bo‘lgan. 11-sentabr kuni sud Bolsonaruni mamlakatda amalga kelayotgan prezident Luis Inasiu Lula da Silvaning hokimiyatga kelishiga to‘sqinlik qilish maqsadida tuzilgan fitnaga aloqador deb topdi.
Sud hujjatlarida aytilishicha, Bolsonaru tarafdorlari mamlakatda noqonuniy to‘ntarish yo‘li orqali hokimiyatni egallashga uringan. Bu jarayon davomida davlat idoralari va saylov tizimlariga tajovuz qilingan, ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.
Avvalroq Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar bergan edik. U qamoqda 20 kun saqlangach, ozod qilingan.





