add

«BRB» va «MKBank» Milliy investitsiya jamg‘armasidan chiqarildi

24.09.2025 | 19:0013333

Prezident qarori bilan ikki bank jamg‘arma tarkibidan chiqarilib, o‘rniga «SQB»ning ulushi kiritildi. Bu qadam investitsiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

«BRB» va «MKBank» Milliy investitsiya jamg‘armasidan chiqarildi
Prezident qaroriga muvofiq, «BRB» bankining 25 foizi va «MKBank»ning 40 foiz ulushi Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan chiqarilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasarrufiga qaytariladi. Bu o‘zgarish jamg‘arma portfelidagi aktivlar tarkibi va moliyaviy natijalarni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. O‘rniga esa jamg‘arma tarkibiga «SQB»ning 30 foiz ulushi kiritiladi. Moliyaviy ko‘rsatkichlari va bozordagi faoliyati jihatidan «SQB»ning pozitsiyalari «BRB» va «MKBank»dan ancha kuchliroq ekani qayd etilmoqda. Mutasaddilarga ko‘ra, ana shu o‘zgarishlar Milliy investitsiya jamg‘armasi portfelini yanada barqaror va jozibador qilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibida davlat ulushi ishtirokidagi 15 ta yirik kompaniya mavjud. Ular mamlakat iqtisodiyotida turli sohalarni qamrab olgan bo‘lib, hukumatning investitsiya siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliyminvestitsiya jamg‘armasi aktivlarini ikki tomonlama ro‘yxatdan o‘tkazish (dual listing) masalasida London va Toshkent birjalari bilan muzokara olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. Bu tashabbus jamg‘armaning xalqaro bozorlardagi nufuzini kuchaytirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

«BRB» va «MKBank» Milliy investitsiya jamg‘armasidan chiqarildi | Vaqt.uz