“Bu bahslar O‘zbekiston soliq tizimidagi tuturuqsizliklar oqibati” — kun tartibidagi asosiy masala haqida | Fikr vaqti

Kecha 21:561 daqiqa

Soliq — faqat daromad manbai emas, balki adolat mezoni ham. Bir necha kundan buyon O‘zbekistonda aynan shu mezon atrofida bahslar davom etmoqda. Dastur mehmonlariga ko‘ra, san’atkorlar misolidagi tortishuvlar tizimdagi chuqur muammolarni yana bir ochib bermoqda.

Soliq, soliq to‘lash — davlat xizmatlari va jamiyat rivoji uchun asosiy manba. Shu bilan birga, u davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi eng nozik, eng ta’sirchan munosabatlardan biri. Dunyo tajribasida ham soliq masalasi ko‘pincha katta bahslar, ijtimoiy noroziliklar, hatto shov-shuvli mojarolarga sabab bo‘lgan vaziyatlar ko‘p. Taniqli aktyor Jerar Depardiyening Fransiya fuqaroligidan chiqib, Rossiya fuqaroligini olishi ham aynan boylarga solingan hashamat solig‘i bilan bog‘liq mashmashalar oqibati edi.

Yoki uzoqqa bormaylik, o‘zimizning “Alpomish” dostonida ham aka-ukalar — Boybo‘ri va Boysari orasidagi ajralishga aynan soliq sabab bo‘lgan. Demak, soliq masalasi azaldan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va hatto ma’naviy munosabatlarga ham ta’sir qilib kelgan. Uning solinishidagi adolatda gap katta.

Yashab turganimiz shu kunlarda ham soliq masalasi san’atkorlar misolida keng bahs va munozaralarga sabab bo‘layaptiki, “Fikr vaqti”ning bugungi navbatdagi sonini shu masala tahliliga bag‘ishladik. Dastur mehmonlari — iqtisodiyot fanlari doktori, professor Islombek Niyozmetov, huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov va Sirdaryo viloyati Boyovut tumani madaniyat bo‘limi rahbari Sherzod Xolmurodov bo‘ldi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 63

Barchasi

Mavzuga oid