add

Bu yilgi kuz-qish mavsumida 20 mln kVt elektr tejaladi – vazirlik

Kecha 15:052371

Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari natijasida katta miqdorda elektr energiyasi va gaz tejalishi kutilmoqda.

Bu yilgi kuz-qish mavsumida 20 mln kVt elektr tejaladi – vazirlik

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari natijasida 20 million kVt elektr energiyasi va 2,8 million kub metr gaz tejalishi kutilmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha jami 9 812 ta ko‘p xonadonli uyda ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, bu maqsad uchun 244 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Uylarda tom, yerto‘la, fasad, kirish yo‘laklari hamda ichki muhandislik tarmoqlari yangilangan.

Shuningdek, energiya tejamkorlikni oshirish maqsadida 1,5 mingta kodli temir eshik, 14,6 ming kvadrat metr oynavand framuga va 70 mingga yaqin energiya tejamkor chiroqlar o‘rnatildi. Davlat dasturlari va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga yana 4 mingdan ortiq uyda qo‘shimcha ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur zaxiralar ham tayyorlangan. Jumladan, 207 ming kvadrat metr shifer, 36 ming dona zadvijka va ventil, 145 ming pogonometr quvur, shuningdek, 379 tonna qum-tuz aralashmasi zaxira sifatida jamg‘arilgan.

Avvalroq isitish mavsumida tabiiy gaz iste’molining ba’zaviy me’yori 5 barobarga oshirilishi ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid