add

Bugun O‘zbekistonda yilning eng issiq kuni bo‘lishi kutilmoqda

03.07.2025 | 11:0041153

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘ylab harorat +46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Mutasaddilar bu xavfli meteorologik holat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir qilishini ta’kidlamoqda.

Bugun O‘zbekistonda yilning eng issiq kuni bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar berishicha, bugun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol tezligi soniyasiga 7–12 m atrofida bo‘ladi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, shimoliy hududlarda esa 20–25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi taxmin qilinmoqda. Harorat +38...+43 darajani tashkil etadi. Shimol, janub va cho‘l hududlarida ayrim joylarda harorat +44...+46 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoli bor. Poytaxt Toshkentda shamol 3–8 m/s tezlikda bo‘ladi va harorat 39–41 daraja atrofida kuzatiladi. Tog‘li hududlarda nisbatan salqinroq bo‘lib, bu yerlarda harorat +30...+35 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Avvalroq, «Meteojurnal» 3–4 iyul kunlari Turkmanistonning Lebap viloyatida harorat +48 darajagacha ko‘tarilishi va havoda nisbiy namlik 5 foizgacha pasayishi ortidan ekstremal havo qurg‘oqchiligi kuzatilishi haqida ogohlantirgan edi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bugungi kunni yilning eng issiq kuni sifatida baholadi. Unga ko‘ra, bunday issiq ob-havo qishloq xo‘jaligi uchun katta xavf tug‘diradi. Uning ta’kidlashicha, bu sharoitda nihollar va hosillar qovjirab ketishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid