add

Bugundan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul boshlandi

25.09.2025 | 17:3014412

Shuningdek, OTM'lardagi vakant o‘rinlar ham e’lon qilindi. Tanlovda o‘qishga kirolmaganlar va ta’lim yo‘nalishini tanlamaganlar ishtirok etishi mumkin.

Bugundan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul boshlandi
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul boshlandi. O‘qishga kirolmagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga 3 oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 25 sentyabr kunidan boshlab qo‘shimcha qabul jarayonini boshladi. Vakant o‘rinlarga abituriyentlar, bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan yoki ikkinchi bosqichda bakalavriat yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar qatnashishi mumkin. Abituriyentlar my.uzbmb.uz onlayn platformasida shaxsiy kabinetlari orqali 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega. Vakant o‘rinlar bor ta’lim shakllariga (kunduzgi, kechki, masofaviy) tanlovda ishtirok etish mumkin. Tanlov natijalari 8 oktyabrda e’lon qilinadi.  

Teglar

Mavzuga oid