add

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

05.07.2025 | 12:3014822 daqiqa

Buxoro viloyati hokimligi 4 iyul kuni viloyatning sobiq rahbari Damir Yadgarovning vafoti munosabati bilan rasmiy bayonot berdi. U uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Marhum 88 yoshda edi.

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi
Damir Yadgarov 1937 yil 18 fevral kuni Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlab, mehnat faoliyatini ushbu oliygohda boshlagan. U yoshlar qo‘mitasi kotibi sifatida ish boshlab, keyinchalik qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi tizimlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1992-1994 yillarda u Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Yadgarov keyinchalik O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filialiga rahbarlik qilgan. Bu davrda u seleksiya va urug‘chilik sohalarida, xususan, Zarafshon vohasi sharoitiga mos navlarni yaratishda ilmiy yutuqlarga erishishga hissa qo‘shgan. U «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi» faxriy unvoni hamda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Teglar

Mavzuga oid