add

Buyuk Britaniyada ham chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari ortmoqda

15.08.2025 | 11:3021763

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki yarmida chikungunyya virusi bilan kasallanish ikki barobar oshgan.

Buyuk Britaniyada ham chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari ortmoqda
BBC xabar qilishicha, 2024 yilning shu davrida esa 27 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, joriy yil 70 ta kasallanish kuzatildi. Yangi holatlarning deyarli barchasi Hindiston, Shri-Lanka va Mavrikiydan qaytgan sayyohlar orasida aniqlangan. Chikungunya odatda o‘limga olib kelmaydi, ammo ba’zi bemorlarda bo‘g‘im og‘rig‘i yillar davomida saqlanishi mumkin. Ko‘pchilik ikki hafta ichida tuzaladi. Virus ikki turdagi chivin orqali yuqadi, ammo ular Buyuk Britaniyada uchramaydi. UKHSA maslahatchisi doktor Filipp Vil sayyohlarga hasharotlardan himoyalanish uchun repellentlardan foydalanish, tanani yopiq kiyim bilan qoplash va insektitsid bilan ishlov berilgan moskit to‘rlaridan foydalanishni tavsiya qildi. Yuqori xavfli hududlarga sayohat qiluvchilarga chikungunyyaga qarshi vaksina olish tavsiya etilmoqda. Britaniyada ilk bor Oropuche virusi holatlari ham qayd etildi. U asosan mayda pashsha chaqishi orqali yuqadi va mahalliy turlari Yevropada uchramaydi. Virus alomatlari yuqori isitma, titroq, bosh, bo‘g‘im va mushak og‘rig‘i bilan namoyon bo‘ladi. 2024 yildan beri dunyo bo‘ylab ushbu virus bilan kasallanish ko‘paygan, homilador ayollarga alohida ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. Xitoyda ushbu virus tufayli karantin e’lon qilingan.

Teglar

Mavzuga oid