BYD 2000 km masofa bosa oladigan arzon gibrid sedan taqdim etdi
12.10.2025 | 09:3035234
BYD kompaniyasi 11 ming dollar turadigan gibrid sedani — Seal 05 DM-i 2026 modelini namoyish qildi. Uning umumiy yurish masofasi 2000 km’ga yetadi va benzin sarfi 100 kmʼga atigi 3,08 litrni tashkil etadi.

Xitoyning BYD kompaniyasi o‘zining yangi gibrid sedani — Seal 05 DM-i 2026 yilgi modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi. Yangi model avvalgi variantga o‘xshash ko‘rinishda bo‘lsa-da, salonda va texnik jihatda jiddiy yangilanishlarga ega bo‘ldi.
Seal 05 DM-i’ning asosiy o‘lchamlari quyidagicha:
Gibrid tizimida 1,5 litrli 99 ot kuchiga ega benzin dvigateli va 161 ot kuchli elektromotor ishlaydi. U 0 dan 100 km/hʼ gacha 7,9 soniyada tezlashadi. Avtomobil 15,87 kWh lik akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, faqat elektrda 128 km masofa bosib o‘ta oladi.
Benzin va to‘liq zaryad bilan Seal 05 DM-i bir yo‘lda 2000 km masofani bosib o‘tadi. O‘rtacha yonilg‘i sarfi har 100 kmʼga 3,08 litr.
Narxi ham arzonligi bilan ajralib turadi: yangi BYD Seal 05 DM-i Xitoy bozorida 11 ming dollar atrofida sotuvga chiqadi. Model byudjetli gibridlar segmentida eng uzoq yurish masofasiga ega avtomobillardan biri bo‘ldi.

- uzunligi — 4780 mm;
- eni — 1837 mm;
- balandligi — 1515 mm,
- g‘ildirak bazasi — 2718 mm.