add

ChatGPT mamlakatda eng ko‘p yuklab olingan ilova sifatida yetakchilikni saqlab qoldi

02.12.2025 | 19:583292 daqiqa

Noyabrda O‘zbekistonda eng ko‘p yuklangan ilovalar reytingida ChatGPT birinchi o‘rinni saqlab qoldi va bozorda milliy servislar ulushi va fintex platformalarining ahamiyati sezilarli oshdi.

ChatGPT mamlakatda eng ko‘p yuklab olingan ilova sifatida yetakchilikni saqlab qoldi

O‘zbekistonda 2025 yil noyabr oyi bo‘yicha mobil ilovalar yuklanishlari reytingi ma’lum qilindi. Data.ai’ning iOS va Android platformalaridagi kuzatuvlariga ko‘ra, ChatGPT mamlakatda eng ko‘p yuklab olingan ilova sifatida ketma-ket ikkinchi oy yetakchilikni saqladi. Bu jarayon oktabrda qayd etilgan natijaning izchil davomi bo‘ldi.

Muhimi shundaki, foydalanuvchilar nafaqat ilovani o‘rnatmoqda, balki xizmat uchun to‘lov qiluvchi obunachilar soni ham barqaror o‘smoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil boshida 11–13 ming atrofida bo‘lgan obuna to‘lovchilari soni hozirda 20–23 ming kishiga yetdi. Bu esa mahalliy auditoriyaning sun’iy intellekt qiymatiga munosabati tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

Umumiy reytingda Instagram va Uzum Market yuqoriga ko‘tarildi. Bu o‘zgarishlar kutilgan edi: Instagram asosiy ijtimoiy tarmoq sifatida ommalashgan bo‘lsa, Uzum Market mamlakatdagi eng mashhur milliy ilovaga aylanmoqda. Aksincha, JanaTube va imo pasayishni boshladi, bu ham tahmin qilingan tendensiya edi.

Marketpleyslar keng omma foydalanadigan kundalik platformalarga aylanib bormoqda.

Xizmat ko‘rsatish sohasida MyGov va Soliq ilovalari ham faollashuvda: davlat xizmatlarining raqamlashuvi tobora doimiy amaliyotga aylanmoqda.

Fintex segmentida esa raqobat yanada kuchaydi. Oktyabrda umumiy top-10 talikda beshta shunday servis bo‘lgan bo‘lsa, noyabrda ular soni oltiga yetdi. Click, Uzum Bank, Xazna, Payme va Alif qatoriga Payme qo‘shildi. Shu bilan birga, Paynet kuz faslida oltin sotish xizmatini va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun platformani ishga tushirib, bozorda faolligini oshirdi.

Teglar

Mavzuga oid