add

Chilla chekinmoqda: O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo iyul uchun xos iqlimiy me’yorlarga yaqinlashadi

28.07.2025 | 17:4014063

27 iyuldan boshlab O‘zbekistonga nam va issiq havo massalari kirib kelgani bois, bu hafta davomida mamlakat bo‘ylab harorat o‘zgarishsiz qolishi, yomg‘irlar esa deyarli kuzatilmasligi kutilmoqda.

Chilla chekinmoqda: O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo iyul uchun xos iqlimiy me’yorlarga yaqinlashadi
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 27 iyuldan boshlab O‘zbekiston hududiga nisbatan nam va o‘tgan haftaga nisbatan salqinroq bo‘lgan havo massalari kirib kela boshladi. Buning natijasida kunduzgi haroratning +34...+37 darajagacha pasayishi qayd etildi. Shu bilan birga, namlik darajasi ortishi hisobidan haroratning pasayishi uncha sezilmagan va ayniqsa kechasi dim havo sezilarli bo‘lgan. Gidrometeorologiya xizmati ta’kidlashicha, joriy hafta davomida mamlakat bo‘ylab harorat o‘zgarmasdan qoladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati +32...+37 daraja atrofida, cho‘l va janubiy hududlarda esa +38...+40 darajagacha yetishi mumkin. Yomg‘ir yog‘ishi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublika tog‘li hududlarida qisqa muddatli holda qayd etilishi mumkin. Qolgan hududlarda esa havo quroq bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Toshkent shahrida ob-havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat tungi paytda +21...+24 daraja, kunduz kunlari esa +34…+37 daraja atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Chilla chekinmoqda: O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo iyul uchun xos iqlimiy me’yorlarga yaqinlashadi | Vaqt.uz