add

China Eastern Airlines Toshkentga qatnovlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

04.07.2025 | 10:2010513

China Eastern Airlines O‘zbekistonga muntazam reyslar amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Mazkur aviakompaniya Sian — Toshkent — Sian yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

China Eastern Airlines Toshkentga qatnovlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Bu haqda «O‘zaviatsiya» agentligi o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Qatnovlar Boeing 737-800 uchoqlarida amalga oshiriladi. China Eastern Airlines kompaniyasi o‘z parvozlari orqali Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi havo qatnovini yanada rivojlantirishni ko‘zlamoqda. Ikki kun oldin Xitoyning yana bir yirik aviakompaniyasi — Air China ham «O‘zaviatsiya»dan Pekin va Urumchi shaharlaridan Toshkentga reyslar boshlash uchun ruxsatnoma olgani haqida xabar qilingan edi. Joriy yil iyunida S5+1 formatidagi grajdanlik aviatsiyasi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi havo qatnovlarini haftasiga 100 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida parvoz amalga oshiradigan kompaniyalar soni ikki baravarga ko‘paytirilishi rejalashtirilgan. Kelishuvlarga ko‘ra, Xitoy aviakompaniyalari istalgan shahardan O‘zbekistonning xalqaro aeroportlariga reyslar amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston kompaniyalari esa Xitoydagi 12 ta shaharga parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Aviatsiya bozorida faoliyat yuritayotgan xususiy Centrum Air aviakompaniyasi o‘tgan yil oktyabr oyida Toshkent — Guangjou yo‘nalishida reyslar ochish rejasini e’lon qilgan edi. Shuningdek, China Southern 2025 yildan boshlab Guangjou — Toshkent reyslarini Urumchida to‘xtash bilan amalga oshirishini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid