add

«China Eastern» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshladi

17.07.2025 | 10:208892

Xitoyning yirik aviakompaniyalaridan biri «China Eastern Airlines» ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Kompaniya Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirishni boshladi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi havo qatnovi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

«China Eastern» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshladi
Avval xabar berganimizdek, «China Eastern» aviakompaniyaning birinchi reysi 16 iyul kuni soat 14:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Yangi qatnov aviakompaniyaning Airbus A320 samolyotida amalga oshirildi. Mazkur yo‘nalishda parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik, biznes va madaniy aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida haftasiga 46 ta muntazam aviyaqatnov amalga oshirilmoqda. Joriy yilning avgust oyi oxiriga qadar yana 11 ta yangi reys qo‘shilishi, yil yakuniga qadar esa haftalik qatnovlar soni 60 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid