add

Chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishda yangi loyihalar

21.05.2025 | 15:4042814

O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, bu ekologik muammolarni kamaytirish va energetika xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishda yangi loyihalar
Chiqindilarni nosoz joylarga tashlash hovli va atrof muhitni ifloslantirib, yoqimsiz hid keltirishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va qayta ishlash ularni foydalanishga yaroqli organik o‘g‘itga aylantirish yoki elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun manbaga aylantirish imkoniyatini beradi. bugungi kunda global miqyosda ekologik muammolar ortib, chiqindilarni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda yiliga 14 million tonna chiqindi hosil bo‘ladi, ammo ularning faqat 4-5 foizi qayta ishlanadi. Bu esa atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Dunyoda Germaniya, Janubiy Koreya va Shvetsiya kabi davlatlar chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, bu sohadan iqtisodiy foyda olishga erishmoqda. Masalan, Germaniyada chiqindi saralash majburiy va javobgarlik qat’iy. Janubiy Koreyada organik chiqindilar kompostlash orqali yerga foydali modda sifatida qaytariladi. Shvetsiyada esa chiqindilardan olingan energiya uy-joylarni isitishda foydalaniladi. O‘zbekistonda ham chiqindilarni elektr energiyasiga aylantirish borasida muhim tashabbuslar bor. Mamlakat rahbari tomonidan 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlandi. Toshkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna chiqindi termik qayta ishlash orqali 390 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shunga o‘xshash loyihalar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham amalga oshiriladi. Bular ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilar hajmini kamaytirish va energetika sektorida barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamlardir. Shunday qilib, chiqindilarni qayta ishlash nafaqat atrof-muhitni muhofaza qiladi, balki iqtisodiyotga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid