add

Chorvoqqa konditsionerli avtobusda atigi 25 ming so‘mga borish mumkin

29.06.2025 | 21:0049852

1 iyuldan boshlab Toshkent — Chorbog‘ (Humson qo‘rg‘oni) yo‘nalishida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati rasman ma’lum qildi.

Chorvoqqa konditsionerli avtobusda atigi 25 ming so‘mga borish mumkin
Yo‘nalishda «MAN RR3» rusumli, 47 o‘rindiqli, konditsioner va zamonaviy qulayliklarga ega turistik avtobuslar faoliyat yuritadi. Yo‘l kira narxi 25 000 so‘mni tashkil etadi. Birinchi avtobus har kuni soat 6:00 da Mashinasozlar metrosi bekatidan yo‘lga chiqadi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Yo‘ldagi umumiy vaqt 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi avtobus esa Chorbog‘ tomondan soat 20:30 da harakatlanadi va Mashinasozlar metrosiga soat 22:00 da yetib keladi. Avtobuslar Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Xojikent mavzesi hamda Chinorkent orqali Humson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi. Yo‘l haqini naqd pulda yoki bank kartalari orqali to‘lash mumkin. Mazkur qatnovlar aholi va sayyohlar uchun Chorboq yo‘nalishini yanada qulay va xavfsiz etishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid