add

«Crocus City Hall» ishi bo‘yicha terrorchilikda ayblangan 19 kishi ustidan sud boshlanmoqda

20.07.2025 | 11:1517654

Moskva yaqinidagi «Crocus City Hall» konsert zalida amalga oshirilgan terrorchilik hujumi bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni kelayotgan haftada boshlanadi. Tergov hujjatlariga ko‘ra, hujumda bevosita ishtirok etgan 4 nafar va ularga ko‘maklashgan 15 nafar shaxs ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilmoqda.

«Crocus City Hall» ishi bo‘yicha terrorchilikda ayblangan 19 kishi ustidan sud boshlanmoqda
Jinoyat ishi bo‘yicha ilk muhokama 21 iyul kuni Moskvadagi 2-G‘arbiy harbiy okrug sudida o‘tkazilishi belgilangan. Tergovchilar asosiy ayblanganlar — Shamsiddin Fariduniy, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizodani terrorchilikni amalga oshirganlar sifatida ko‘rsatmoqda. Ularning ko‘makchilari — kimdir uy ijaraga olgan, kimdir pul o‘tkazgan, yana kimdir qurol saqlagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik hujumi «Viloyati Xuroson» nomli xalqaro jangarilar guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Bu tuzilma ISHID tarkibidagi tarmoqlardan biri sifatida ta’riflanadi. Guruhning ba’zi yetakchilari «Sayfullo», «Talha», «Abu Munzir» va boshqa taxalluslar ostida harakat qilgan, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari ekani aytilmoqda. 2023 yil 1 noyabrdan boshlab Rossiya hududida ushbu guruhning kamida 3ta yashirin hujrasi tashkil etilgani, ular orqali Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari yollangani ma’lum qilingan. Yollash ishlari asosan Telegram’dagi «Golos Xorasana», «Abu Muhammad Madashe» kabi kanallar orqali amalga oshirilgan. Tergovning ta’kidlashicha, Kavkazdan kelgan ayrim shaxslar ham ushbu hujumda ishtirok etgan. Ular terrorchilarni qurol va aslaha bilan ta’minlashda ko‘maklashgan. Terroristlar qo‘lida 5 ta avtomat, 2 ta pistolet, taxminan 2 ming dona o‘q-dorilar, qo‘lbola usulda tayyorlangan portlovchi qurilma va yarim kilodan ortiq «kolloksilin» moddasi bo‘lgani ma’lum qilindi. Ayni paytda, Rossiya tomoni Ukraina maxsus xizmatlarini ushbu terrorchilik hujumida ayblamoqda, biroq bu da’volar asosan shubhali ma’lumotlar va shubhali tergov bayonotlariga tayangan. Holbuki, ko‘plab materiallarda ushbu ayblovlar asoslanmagan, deb ko‘rsatiladi.

Teglar

Mavzuga oid