add

Dabdabali to‘ylarga qarshi «Maromiylik» loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda

25.10.2025 | 10:009761

O‘zbekistonda dabdabali to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish maqsadida 90 kunlik targ‘ibot dasturi ishga tushirildi.

Dabdabali to‘ylarga qarshi «Maromiylik» loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda «Nuroniy» jamg‘armasi hamkorligida «Maromiylik» nomli yangi ma’naviy-ma’rifiy loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida dabdabali to‘ylar, ortiqcha sarf-xarajatli marosimlar va isrofning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot kampaniyasi boshlandi.

Tashkilotlar tomonidan 90 kunlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda aholini maromiylik va islohotga chorlovchi ma’naviy tadbirlar, jamoatchilik bilan uchrashuvlar, axborot kampaniyalari hamda to‘y-marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar kiritilgan.

Bu haqda «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli» mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi. Unda tegishli idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ziyolilar hamda mahalla faollari ishtirok etmoqda.

Tadbirda qayd etilishicha, mazkur tashabbusning maqsadi — milliy an’analarni zamon talablariga mos ravishda saqlab qolish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va jamiyatda mas’uliyatli yondashuvni kuchaytirishdir.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariyati ta’kidlaganidek, «Maromiylik» loyihasi orqali turli tumanlarda to‘y va marosimlardagi ortiqcha dabdabalarni qisqartirish, aholining ongida tejamkorlik va madaniyatni qaror toptirishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Teglar

Mavzuga oid