
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? (Ro‘yxat)
1–2 noyabr kunlari jami 19 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator tijorat banklarining ayrim filial va shoxobchalari ish faoliyatini davom ettiradi. Markaziy bank matbuot xizmati dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi.
Shanba va yakshanba kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati:
— Agrobank;
— Apexbank;
— Ipoteka bank;
— Milliy bank;
— Tenge bank;
— Trastbank;
— Hamkorbank;
— Anor bank;
— Garant bank;
— Hayot bank;
— Asaka bank;
— InFin bank;
— Turon bank;
— Poytaxt bank;
— SQB.
— Saderat bank;
— BRB;
Banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi. Har bir bankning ish jadvali haqidagi batafsil ma’lumotni ularning rasmiy veb-saytlari orqali bilib olish mumkin.
Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali onlayn ayirboshlash imkoniyatlari ham mavjud.





