
Dam olish kunlari shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatiladi
03.10.2025 | 13:4026383
3–5 oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
3 oktyabr kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda ham qisqa davom etadigan yomg‘ir ehtimoli bor. Harorat +18...+23 daraja, janubiy hududlarda esa +25...+27 daraja atrofida bo‘ladi.
4–5 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha asosan quyoshli va quruq ob-havo saqlanadi. Kunduzgi harorat +20...+25 darajani tashkil qiladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3 oktyabr kunduzi cho‘l hududlarda, 4–5 oktyabrda esa shimoliy va cho‘l hududlarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol chang-to‘zon bilan kechishi mumkin.
Toshkent shahrida ob-havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. 3 oktyabrda harorat +20...+22 daraja bo‘lsa, 4 oktyabrda kunduzi +23...+25 daraja, kechasi +10...+12 daraja atrofida bo‘ladi. 5 oktyabrda esa kunduzi +21...+23 daraja, kechasi +10...+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda.





