add

«Damas» va «Labo» o‘rnini arzon yangi model egallaydimi?

15.05.2025 | 18:0318163

Prezident Mirziyoyev Xorazmda arzon, 7 o‘rinli yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Loyiha uchun 100 mln dollar ajratiladi. Ayni paytda, «O‘zavtosanoat» «Damas» va «Labo» avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Damas» va «Labo» o‘rnini arzon yangi model egallaydimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmga qilgan tashrifi davomida Euro-5 standartiga javob beradigan yangi, 7 o‘rinli arzon avtomobil ishlab chiqarish rejasi haqida ma’lum qildi. Ushbu loyihaga 100 mln dollar yo‘naltirilishi, ishlab chiqarish esa «Damas» va «Labo» ishlab chiqaruvchi Pitnakdagi zavod bazasida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur qadam mahalliy bozorda arzon va kichik avtomobillarga bo‘lgan talabni qondirishga qaratilgan. Yangi modelning ishlab chiqarilishi hamyonbop «Damas» va «Labo» o‘rnini bosadimi, degan savol ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Bu munozaralarga javoban, «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati bu modellarning ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Kompaniya bayonotida «hozircha bunday qaror yo‘q va har qanday o‘zgarishlar rasmiy sahifalar orqali e’lon qilinadi», deyiladi. Shu bilan birga, «Damas» zavodida Srumkoduye N400 yoki Wuling kabi yangi model ishlab chiqarilishi mumkinligi haqidagi taxminlar haqida ham izoh berildi. Kompaniya yangi avtomobil tanlashda mahalliy ehtiyojlar, ishonchlilik va qulaylikka alohida e’tibor qaratilayotganini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid

«Damas» va «Labo» o‘rnini arzon yangi model egallaydimi? | Vaqt.uz