add

Daryo.uz sayti nega ishlamay qoldi?

28.08.2025 | 15:5047632

Kechadan buyon Daryo.uz sayti ochilmayapti. Tahririyat xabar va reklamalarni faqat Telegram kanalda joylashtirmoqda. Sayt bosh muharriri vaziyatga oydinlik kiritdi.

Daryo.uz sayti nega ishlamay qoldi?
O‘zbekistonning yetakchi internet nashrlaridan biri — Daryo.uz kechadan buyon ochilmayapti. Saytga kirish uchun manzil terilganda, ekranda 504 Gateway Time-out xatoligi paydo bo‘lmoqda. Biroq saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va Telegram kanali avvalgidek faoliyat ko‘rsatmoqda. Xabarlar va reklamalar o‘z vaqtida, paydar-pay joylashtirib turilibdi. Vaqt.uz buning sababini aniqlash uchun Daryo.uz tahririyati bosh muharriri Ahmadjon Yusupov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, ayni paytda saytning yangilangan dizaynini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ayrim texnik nosozliklar sababli saytga ulanish tahririyat tomonidan cheklangan. Tez orada nosozliklar bartaraf etilib, sayt to‘laqonli faoliyat ko‘rsata boshlaydi, dedi A.Yusupov. Vaqt.uz avvalroq UzCard tizimida nosozlik ro‘y bergani haqida xabar bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Daryo.uz sayti nega ishlamay qoldi? | Vaqt.uz