add

«Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga kirmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi

Bugun 17:551601

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tegishli nizomga ko‘ra, «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga olinmagan audit tekshiruvlar noqonuniy deb topiladi.

«Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga kirmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi

«Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan O‘zbekiston Hisob palatasining «Davlat auditi» dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu nizomga ko‘ra, «Davlat auditi» dasturidan foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

nazorat (audit) tadbirlarini ro‘yxatga olish;

davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan nazorat (audit) tadbirlarini majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishish.

Shuningdek, «Davlat auditi» dasturida quyidagilar foydalanuvchi sub’ektlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ularga quyidagi kirish huquqlari beriladi:

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining rahbari va o‘rinbosari uchun – «tasdiqlovchi» huquqi;

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbari o‘rinbosari, tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari uchun – «ma’qullovchi» huquqi;

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati xodimlari (2 nafargacha) uchun – «operator» huquqi;

davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatining «operator» huquqi berilmagan xodimlari uchun – «foydalanuvchi» huquqi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Hisob palatasiga so‘rovnoma taqdim etiladi.

Nizomga muvofiq, «Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat (audit) tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

«Davlat auditi» dasturida ro‘yxatga kirmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi | Vaqt.uz