Davlat byudjeti o‘sdi: asosiy daromad manbalari qayerdan kelyapti?
05.08.2025 | 15:0035706
O‘zbekistonning davlat byudjeti daromadi o‘tgan yilga nisbatan 19 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. O‘sish asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita soliqlardan, shuningdek tabiiy resurslar va mulk soliqlaridan olinadigan mablag‘lar bilan bog‘liq.

Iqtisod va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning davlat byudjeti jami daromadi 144,2 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,2 trln so‘mga oshgan.
[caption id="attachment_11865" align="aligncenter" width="620"]
Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi[/caption]
Daromadlar tahlili
Bevosita soliqlar 2025 yilning birinchi yarmida davlat byudjetining eng yirik daromad manbai bo‘ldi. Shaxsiy daromadlar solig‘i va korporativ soliqlardan 44 trln so‘m yig‘ildi. O‘tgan yilning shu davrida 40,2 trln so‘m bevosita soliqlar undirilgan edi.
Bilvosita soliqlar davlat byudjetining ikkinchi eng katta daromad manbai bo‘lib, 2025 yilning birinchi yarmida jami 51,3 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan 11 trln so‘mdan ko‘proq qayd qilingan. Bilvosita soliqlar tarkibi quyidagi turlarga bo‘linadi:

- Qo‘shilgan qiymat solig‘i bilvosita soliqlarning asosiy qismini tashkil etadi. 2025 yilning birinchi yarmida QQSdan olinadigan mablag‘ 35,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davrida 26,7 trln so‘m bo‘lgan.
- Aksiz soliqlari davlat byudjeti qo‘shimcha daromadlar keltiradi. 2025 yilning birinchi yarmida aksiz soliqlaridan 10 trln so‘m yig‘ildi. Bu soliq turining asosiy manbai — energetika mahsulotlari, alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil kabilar bo‘lgan.
- Bojxona bojidan esa shu yili 5,4 trln so‘m tushum bo‘ldi. 2024 yilning shu davrida bojxonadan 4,7 trln so‘m daromad kelgan.
«Nima bo‘lgandayam, byudjet barqarorlashayotgani byudjetni kemiradigan byurokratik avantyuralarni boshlash uchun bahona bo‘lib qolmasligi kerak. Oshayotgan daromadlar eng avvalo inson sifatini belgilaydigan ijtimoiy himoyaga, ta’limga va tibbiyotga yo‘naltirilishi zarur», deb iqtisodchi Otabek Bakirov munosabat bildirgan.Ma’lumot uchun, avvalgi yillarda davlat byujetining oylik plyusga chiqishi ma’lumotlar qisman ochiqlangan. 2023 yilda daromadning ijobiy tomonga o‘zgarishi umuman kuzatilmagan bo‘lsa, 2024 yilda esa faqatgina oktyabr oyiga kelibgina ro‘y bergan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston aholisining umumiy daromadi 515,9 trln so‘m ekanligi haqida batafsil ma’lumot bergan edik. Mahliyo Hamidova tayyorladi.