add

Diplom olish uchun 4 yil, lekin ish boshqa sohada: HeadHunter O‘zbekiston mehnat bozorini tahlil qildi

20.06.2025 | 08:3034163

HeadHunter Uzbekistan’ning so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining aksar qismi oliy ma’lumotiga mos ishda emas.

Diplom olish uchun 4 yil, lekin ish boshqa sohada: HeadHunter O‘zbekiston mehnat bozorini tahlil qildi
HeadHunter Uzbekistan onlayn platformasi tomonidan ish izlovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning faqat uchdan bir qismi olingan ma’lumotiga muvofiq kasbiy faoliyat olib borishini bildirgan. Qolganlari esa mutaxassisligini butunlay o‘zgartirgan yoki faqat qisman qo‘llayotganini ta’kidlagan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlardan 64 foizining oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ma’lumoti mavjud. Biroq ularning 78 foizi agar imkoni bo‘lganida boshqa mutaxassislikni tanlagan bo‘lishini bildirgan. Bu esa kasb tanlashdagi xato qarorlar va mehnat bozoridagi talablar bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Shuningdek, respondentlarning faqat 27 foizi diplomni kasbiy muvaffaqiyat uchun hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Qolganlar esa ishda eng asosiy jihatlar sifatida tajriba, moslashuvchanlik va amaliy ko‘nikmalarni sanab o‘tgan. So‘rovda qatnashganlarning 74 foizi onlayn ta’limni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, biroq ularning uchdan biri internet orqali o‘qishni universitet ta’limiga to‘liq teng deb hisoblaydi. hh.uz platformasi ta’kidlashicha, ish beruvchilar hali ham diplomga e’tibor qaratadi. Biroq amalda ular ishchilarning tashabbuskorligi, amaliy tajribasi va moslashuv qobiliyatiga ko‘proq ahamiyat bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid