add

Dollar 50 yilda ilk bor shunday quladi — FT so‘nggi raqamlarni e’lon qildi

01.07.2025 | 09:0046992

2025 yilning birinchi yarmida AQSH dollarining asosiy valyuta savatiga nisbatan indeks ko‘rsatkichi 10 foizdan ortiqka pasaydi. Bu holat 1973 yildan buyon yarim yillikda qayd etilgan eng yirik qadrsizlanish sifatida qayd etildi.

Dollar 50 yilda ilk bor shunday quladi — FT so‘nggi raqamlarni e’lon qildi
Financial Times yozishicha, dollarning so‘nggi olti oylik harakati 2009 yildan buyon eng zaif ko‘rsatkich bo‘ldi. Sabablar sifatida Donald Tramp boshchiligidagi tashqi iqtisodiy siyosat, AQSH Federal zaxira tizimining mustaqilligi haqidagi xavotirlar va foiz stavkalari bo‘yicha kutilmalar ko‘rsatilmoqda. «Tramp 2.0 siyosatining o‘zgaruvchanligi dollarni bozorda «savalangan bola»ga aylantirdi», - deydi ING valyutalar bo‘yicha strategi Franchesko Pesole. CME birjasining FedWatch xizmatiga ko‘ra, yil oxirida stavka 3,50–3,75% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, FT yozishicha, yevro kursi kutilmagan tarzda 13%ga oshib, $1,17 darajasiga yetdi. So‘nggi haftada dollar 2022 yil 1 martdan buyon eng past daraja — $97 indeksdan pastga tushdi. Trampning 3,2 trln dollarlik «Katta go‘zal qonun» loyihasi AQSH qarzi bo‘yicha yangi xavotirlarni keltirib chiqardi.

Teglar

Mavzuga oid