
Dollar arzonlashishi natijasida Toshkentda ijara narxlari qimmatladi
07.10.2025 | 15:0037186
Dollar kursining pasayishi va yangi o‘quv yilining boshlanishi poytaxtda uy-joy ijarasi bozorida narxlarni keskin oshirdi.

Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar institutining sentyabr oyi tahliliga ko‘ra, AQSH dollarining so‘mga nisbatan arzonlashishi va talabning ortishi Toshkentda uy-joy ijarasi narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘mning mustahkamlanishi natijasida ayniqsa, dollarda ifodalangan ijara narxlari orta boshlagan. Shu bilan birga, lizing beruvchilarning bozordagi kutilmalar va talab o‘sishi fonida narxlarni oshirishi ijara bozorida qo‘shimcha bosim yaratgan.
Sentyabr oyida ta’mirlangan uylar uchun o‘rtacha ijara narxi
1 xonali uy 16 dollarga qimmatladi - oyiga (318 dollardan → 334 dollarga)
2 xonali uy 18 dollarga qimmatladi - oyiga (394 dollardan → 412 dollarga)
3 xonali uy 20 dollarga qimmatladi - oyiga (477 dollardan → 502 dollarga)
4 xonali uy 19 dollarga qimmatladi - oyiga (537 dollardan → 556 dollarga)
Eng arzon ijara narxlari Sergeli va Uchtepa tumanlarida qayd etilgan.
Sergili tumanida:
1 xonali uy — 293 dollar;
2 xonali uy — 365 dollar;
3 xonali uy — 412 dollar;
4 xonali uy — 474 dollardan ijaraga beriladi.
Uchtepada tumanida
1 xonali uy — 316 dollar;
2 xonali uy — 381 dollar;
3 xonali uy — 432 dollar;
4 xonali uy — 400 dollardan ijaraga beriladi.
Eng qimmat uylar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan.
Shayxontohur tumanida
1 xonali uy — 354 dollar;
2 xonali uy — 472 dollar;
3 xonali uy — 604 dollar;
4 xonali uy — 612 dollardan ijaraga beriladi.
Yakkasaroy tumanida
1 xonali uy — 402 dollar;
2 xonali uy — 506 dollar;
3 xonali uy — 660 dollar;
4 xonali uy — 800 dollardan ijaraga beriladi.
To‘liq ta’mirlangan uylar segmentida ham narxlar keskin oshgan.
1 xonali uy 22 dollarga qimmatladi - oyiga (413 dollardan → 435 dollarga)
2 xonali uy 34 dollarga qimmatladi - oyiga (580 dollardan → 614 dollarga)
3 xonali uy 50 dollarga qimmatladi - oyiga (824 dollardan → 874 dollarga)
4 xonali uy 16 dollarga qimmatladi - oyiga (1185 dollardan → 1201 dollarga)
Eng arzon ijara narxlari Sergeli va Uchtepa tumanlarida qayd etilgan.
Sergili tumanida:
1 xonali uy — 318 dollar;
2 xonali uy — 419 dollar;
3 xonali uy — 497 dollar;
4 xonali uy — 588 dollardan ijaraga beriladi.
Uchtepada tumanida
1 xonali uy — 355 dollar;
2 xonali uy — 464 dollar;
3 xonali uy — 535 dollar;
4 xonali uy — 550 dollardan ijaraga beriladi.
Eng qimmat uylar Mirobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan.
Mirobod tumanida
1 xonali uy — 479 dollar;
2 xonali uy — 762 dollar;
3 xonali uy — 1075 dollar;
4 xonali uy — 1462 dollardan ijaraga beriladi.
Shayxontohur tumanida
1 xonali uy — 535 dollar;
2 xonali uy — 746 dollar;
3 xonali uy — 1094 dollar;
4 xonali uy — 1369 dollardan ijaraga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni dollar kursi 12 022,90 so‘mgacha pasaygan — bu 2023 yil avgustidan beri kuzatilmagan daraja hisoblanadi. Yil boshidan buyon so‘m 882 so‘mgacha mustahkamlandi, bu esa ichki valyuta barqarorligi ijara bozoridagi narx o‘zgarishlariga ta’sir qilgan asosiy omillardan biri bo‘ldi.





