Logo

KDB Bank boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun 18:401 daqiqa

Bungacha bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bobir Ashrafxanov lavozimidan ozod etildi.

KDB Bank boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi © KDB Bank Uzbekistan

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kuzatuv kengashining 2026 yil 23-noyabrdagi qarori bilan u o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketgan Bobir Ashrafxanov o‘rnini egalladi. Bu haqda bankning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

KDB

Xabarga ko‘ra, Kuzatuv kengashi Shavkatxo‘ja Akramxo‘jayevich Qodirxo‘jayevni boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilgan.

U O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan nomzodi kelishib olinganidan so‘ng o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.

Qayd etilishicha, Qodirxo‘jayev yigirma yildan buyon «KDB Bank O‘zbekiston» AJda faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u bankning bir qator boshqarmalariga rahbarlik qilgan.

Bungacha bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bobir Bahodirovich Ashrafxanov o‘z tashabbusiga ko‘ra lavozimidan ketgan.

Teglar

Mavzuga oid