add

Dollar kursi nega «o‘ynab» turibdi? — iqtisodchi tushuntiradi

14.08.2025 | 12:0020656

Keyingi kunlarda dollarning so‘mga nisbatan kursi har tomonga o‘ynab turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar «buning orqasida kimdir turibdi», «bu jarayondan kimdir soqqa qilyapti», degan mujmal taxminlarni ham bildirishdi.

Dollar kursi nega «o‘ynab» turibdi? — iqtisodchi tushuntiradi
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev vaziyatni tushuntirib berdi. «Menimcha, so‘m-dollar juftligida koridor kengayganligi Xalqaro valyuta jamg‘armasining uzoq vaqtdan buyon berib keladigan tavsiyalariga amal qilinishni boshlanganligi natijasi bo‘lsa kerak. XVJ deyarli har bir hisobotida so‘mning moslashuvchanligini oshirish zarurligini ta’kidlab kelgan. Joriy yilning aprel oyidan esa so‘mning kunlik o‘zgarishi sezilarli kengaydi. Bu esa, chamamda, so‘m ko‘proq bozor prinsiplari asosida harakatlanadigan valyutaga aylanayotganini ko‘rsatayotgandek. Albatta, ko‘pchilik so‘mning kichik koridor bilan tebranishiga o‘rganib qolgan lekin past volatillikni ta’minlash bozorga juda ko‘p aralashuvni talab qiladi. Agar fundamental omillar valyuta kursining qadrsizlanishi (yoki mustahkamlanishi) ni talab qilsa-yu, qaror qabul qiluvchilar bunga teskari harakat qilsa, bu zaxiralarning yemirilishiga, oxir-oqibat kursning bir martalik nisbatan yirikroq to‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin (masalan 2023 yildagi kabi). Shuning uchun valyuta kursi o‘zgarishida regulyator aralashuvining kamayishi ijobiy tendensiya sifatida qabul qilishi kerak. O‘zi, aslida, so‘m-dollardagi koridorning kengayishi so‘mni noyob valyutaga aylantirgani yo‘q, balki boshqa bozor prinsiplari asosida o‘zgaruvchi valyutalarga (biroz) yaqinlashtirdi, xolos. Xususan, quyidagi grafikda 36 valyutaning dollarga nisbatan kunlik kursi o‘zgarishi tasvirlangan. Grafikdan ko‘rish qiyin emaski aprel oyigacha bo‘lgan davrda so‘m judayam past kunlik o‘zgarishni namoyon qilgan. Boshqa valyutalarda esa volatillik ancha yirik. Aprel oyidan keyin esa so‘m kunlik o‘zgarishda boshqa valyutalardagi o‘zgarishga yaqinlashgan. [caption id="attachment_13054" align="aligncenter" width="633"]Photo 2025 08 14 10.01.07 Infografika: t.me/mirknomika[/caption] Quyidagi grafikda esa tanlangan valyutalarning AQSH dollariga nisbatan kursidagi kunlik o‘zgarishining standart og‘ishi (volatilligi) ko‘rsatilgan. [caption id="attachment_13055" align="aligncenter" width="633"]Photo 2025 08 14 10.01.09 Infografika: t.me/mirknomika[/caption] Bu grafik uchun aynan so‘m-dollar juftligida koridor kengaygan 18 apreldan keyingi davr olingan. Grafikdan koridor sezilarli kengaygan davrda ham so‘m eng volatil valyuta emas, balki ko‘plab valyutalarga nisbatan tebranishi past shakllanganligini ko‘rish mumkin. So‘m apreldan keyingi davrda yirik valyutalar xususan iyena, frank, funt, yevro kabilarga nisbatan pastroq volatil bo‘lgan. Ya’ni so‘nggi ikki-uch oyda so‘m dunyodagi eng tebranuvchan valyutaga aylanib qolgani yo‘q. Shunchaki oldin volatilligi judayam past bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi ikki-uch oyda koridor kengaydi va bozor prinsiplari asosida o‘zgaradigan valyutalarga biroz yaqinlashdi, xolos. Barqarorlik hammaga yoqadi, lekin (nominal) valyuta kursi nisbiy barqarorligining narxi ko‘p hollarda shunchalar qimmatki (zaxiralarning yemirilishi, bir martalik yirik to‘g‘rilanishlar), undan valyuta kursining fundamental omillar ta’sirida har kuni o‘zgarishi (istalgan tomonga) barcha uchun foydaliroq va arzonroq, deb yozadi iqtisodchi.

Teglar

Mavzuga oid