add

Dollarning global pasayishi qaysi valyutalarga ta’sir qildi?

25.08.2025 | 14:005815

Yil boshidan so‘m 4 foizga mustahkamlandi. Ammo apreldan keyin valyuta kursining o‘zgarishi tengedan ham yuqorilab, so‘m rubldan keyingi eng «tebranuvchan» pul birligiga aylandi.

Dollarning global pasayishi qaysi valyutalarga ta’sir qildi?
2025 yil yanvardan buyon milliy valyuta – so‘m dollarga nisbatan taxminan 4 foizga mustahkamlandi. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha kurs emas, balki yil boshi va joriy davrdagi kurslar nisbati asosida hisoblangan. 1 Grafikka ko‘ra, tanlab olingan valyuta­лар ichida eng katta o‘sish rublda qayd etilgan — u dollarga nisbatan 27 foizga mustahkamlangan. Yirik valyuta­ларdaн yevro 12,9 foizga, frank 12,6 foizga, funt 8,4 foizga, yena esa 6,8 foizga mustahkamlangan. Shu bilan birga, qo‘shni davlatlar valyuta­лари ortiqcha kuchayish ko‘rsatmadi. Qirg‘iz so‘mi 0,5 foizga, tenge esa 2,4 foizga qadrsizlangan. Hind rupiyasi 1,5 foizga pasaygani qayd etilgan. Boshqa tomondan, somoniy 15,9 foizga mustahkamlanib, Markaziy Osiyoda eng yuqori natijani qayd etdi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning aytishicha, ushbu natijalar dollarning global qadrsizlanish tendensiyasi fonida kuzatilmoqda. Biroq ayrim milliy valyuta­ларda dollarga nisbatan aksincha zaiflashish sodir bo‘lmoqda. Metodologiyaga ko‘ra, hisob-kitoblar «1 birlik milliy valyutaga to‘g‘ri keladigan dollar miqdori» asosida amalga oshirilgan. Shuning uchun teskari usulda hisoblanganda natijalarda ma’lum farq kuzatiladi. Masalan, rublning mustahkamlanishi mazkur usulda 27 foiz deb baholangan bo‘lsa, teskari hisob-kitobga ko‘ra u 21,3 foizni tashkil etadi. So‘m «tebranuvchanlik»da tengeni ortda qoldirdi 2 Yil boshidan 18 aprelgacha bo‘lgan davrda so‘m kursining o‘zgarishi ancha barqaror bo‘lib, qirg‘iz so‘mi darajasida harakat qildi. Bu vaqtda eng katta o‘zgaruvchanlik rublda kuzatilgan, undan keyin tenge turgan. Demak, avvalgi oylarda so‘m nisbatan tinch va keskin o‘zgarishlarsiz harakat qilgan. Biroq 18 apreldan keyin vaziyat o‘zgardi: so‘mning kursdagi o‘zgarishi tengeni ortda qoldirdi va u tanlangan valyuta­лар ichida rubldan keyingi eng «tebranuvchan» valyutaga aylandi. Tengeda esa aksincha, avvalgi yuqori o‘zgaruvchanlik pasayib, kurs nisbatan barqarorlasha boshladi. Qirg‘iz so‘mi esa ikki davrda ham katta tebranishlarsiz, barqaror holatda qoldi. Iqtisodchi Xolboyevning izohlashicha, bu holat so‘m kursining o‘zgarishlari biroz ko‘paygani, tengedagi kurs tebranishlari esa aksincha kamayganini bildiradi. Shuningdek, apreldan keyin rublning ham o‘zgaruvchanligi ancha pasaygani qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yildan keyin so‘m dollar kursining kunlik o‘zgarish diapazoni ancha kengaygani va milliy valyuta iyulda barqarorlashgani haqida xabar bergan edik.  

Teglar

Mavzuga oid