add

Donald Tramp dori-darmon bozorni bosim ostiga oldi

Bugun 12:581742 daqiqa

AQSHda dorilar narxini pasaytirish uchun Tramp yirik farmkompaniyalar bilan kelishuvga erishdi va tarif tahdidi orqali bozor qoidalarini o‘zgartirmoqda.

Donald Tramp dori-darmon bozorni bosim ostiga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp farmatsevtika bozorida yillar davomida shakllangan qoidalarni qayta yozishga kirishdi. Oq uy bilan ixtiyoriy kelishuvga kelgan to‘qqizta yirik farmkompaniyalar dorilar narxini pasaytirish majburiyatini oldi, evaziga esa boj va tariflardan vaqtinchalik himoyaga ega bo‘ldi. Bu qaror AQSH sog‘liqni saqlash tizimida keskin burilish sifatida baholanmoqda.

Ma’muriyatning asosiy quroli — tarif tahdidi. Tramp yirik ishlab chiqaruvchilarga ochiq ravishda shunday signal berdi: yoki narxlar tushadi, yoki farmatsevtik import uchun maxsus bojlar joriy etiladi. Natijada, bozorda ustun mavqega ega kompaniyalar murosaga borishni afzal ko‘rdi. Bu AQSHda davlat tomonidan narxlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish amaliyotining kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

Kelishuvlar nafaqat mavjud preparatlarga, balki yangi ishlab chiqariladigan dorilarga ham taalluqli. Kompaniyalar ijtimoiy sug‘urta dasturlari doirasida «eng qulay narx» siyosatiga o‘tishni qabul qildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlarini AQSH hududiga ko‘chirish talabi ham kuchaydi, bu esa farmsanoatda de-fakto industrial siyosat shakllanayotganidan darak beradi.

Bu jarayon global farmatsevtika bozori uchun ham muhim signal hisoblanadi. AQSH — dori ishlab chiqaruvchilar uchun eng daromadli bozor bo‘lib qolmoqda va aynan shu omil kompaniyalarni siyosiy bosimga moyil qildi. Yevropa va Osiyodagi farmgigantlar ham Vashington qo‘yayotgan yangi qoidalarga moslashishga majbur bo‘lishi mumkin.

Natijada, Tramp ma’muriyati dorilar narxini pasaytirish orqali ichki ijtimoiy qoniqishni oshirishni, bir vaqtning o‘zida esa ishlab chiqarishni mamlakat ichiga qaytarishni ko‘zlamoqda. Bu siyosat qisqa muddatda iste’molchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo uzoq muddatda innovatsiyalar va global farmbozor arxitekturasiga qanday ta’sir qilishini vaqt ko‘rsatadi.

Avvalroq O‘zbekistonda elektron retsept tizimi ishga tushgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid