add

Donald Tramp: «Yaqin orada Venesuelaga quruqlik operatsiyasi boshlanadi»

24.10.2025 | 08:375002

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi harbiy operatsiya haqida ochiq bayonot berdi. U mamlakatni narkotik savdosini qo‘llayotganlikda ayblamoqda.

Donald Tramp: «Yaqin orada Venesuelaga quruqlik operatsiyasi boshlanadi»

AQSH prezidenti Donald Tramp jonli efirda dunyodagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirgan bayonot bilan chiqdi. U Venesuela hukumati va uning rahbari Nikolas Maduroni narkotik savdosini qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi va «yaqin kunlarda Venesuelaga quruqlik operatsiyasi boshlanadi», deb ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesueladagi vaziyat AQSH milliy xavfsizligi uchun jiddiy tahdid tug‘dirayotgani sababli, Vashington harbiy choralarni ko‘rishga majbur. U jurnalistlar savoliga javob berib, «bu qarorni kechiktirish imkonsiz», deb ta’kidladi.

Shu bilan birga, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSH tahdidiga javoban Rossiyada ishlab chiqarilgan «Igla-S» turdagi 5 mingdan ziyod havo mudofaa raketalarini mamlakatning strategik hududlariga joylashtirganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu qurollar mamlakatning eng chekka mintaqalariga ham tarqatilgan va har qanday hujumni qaytarishga tayyor holatda turibdi.

Maduro AQSHni Karib dengizi orqali harbiy kuchlarini kuchaytirgani uchun tanqid qildi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, AQSH avgust oyida Venesuela yaqiniga suvosti kemalari va harbiy kemalardan iborat dengiz guruhini jo‘natgan. Shu bilan birga, AQSH mudofaa vaziri Pit Hegsett Venesuelada «rejim o‘zgarishi»ni ham nazarda tutuvchi harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagan.

Maduro javoban mamlakatda 4,5 millionlik xalq militsiyasini safarbar etganini va har qanday hujumni qaytarishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Shu orada AQSH dengiz kuchlari Venesuela hududi yaqinidagi bir necha kemalarni «narkotik kontrabandasi» bahonasi bilan yo‘q qilgani xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralangan va «xalqaro huquqni buzish», deb baholangan.

Teglar

Mavzuga oid