add

Dovut-ota postidagi cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi

03.09.2025 | 13:3020243

Qozog‘iston bilan chegaradagi Dovut-ota postida yo‘lovchi va yengil transport vositalari harakati cheklovlari yil oxirigacha uzaytirildi.

Dovut-ota postidagi cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi
O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berishicha, Qozog‘istonning Tajen postiga tutash Dovut-ota nazorat-o‘tkazish punkti 2025 yil 31 dekabrgacha yopiq qoladi. Bu qaror chegara infratuzilmasidagi qurilish va rekonstruksiya ishlari tufayli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Ma’lumotga ko‘ra, fevraldan beri mazkur post orqali faqat yuk avtomobilining 3,5 tonnandan ortiq bo‘lganlari harakatlanishi mumkin. Yo‘lovchilar va yengil avtomashinalar uchun esa cheklov saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, Nukus-Beyneu yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Iyun oyida Dovut ota postida rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, ma’muriy binolarni kapital ta’mirlash hamda yo‘l qoplamalarini betonlash ishlari olib borilmoqda. Avvalroq postda yangi 6 gektarlik bojxona terminali ishga tushirilgan edi, u 350 tagacha yuk mashinasini qabul qilish imkoniyatini beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yilda G‘ishtko‘prik, Navoiy, Dovut-ota, Shovot va Gulbahor postlarida qo‘shimcha koridorlar qurilib, o‘tkazuvchanlik besh barobarga oshirilishini aytgan. Yanvardagi yig‘ilishda esa transport vaziri Ilhom Maxkamov elektron navbat va onlayn kuzatuv tizimlari joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid