add

Dushanbe Yevroittifoqning Tojikiston banklariga sanksiya qo‘llashiga norozilik bildirdi

Bugun 14:532091

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi YeI tomonidan bir qator milliy banklarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga qattiq e’tiroz bildirdi va bu qaror mamlakat moliya tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Dushanbe Yevroittifoqning Tojikiston banklariga sanksiya qo‘llashiga norozilik bildirdi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi (YeI)ning bir nechta tojik banklarini yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish haqidagi qaroridan chuqur tashvish va taassuf izhor qildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 23 oktyabr kuni YeI Kengashi qator davlatlar va kompaniyalarni qamrab olgan navbatdagi cheklov choralarini tasdiqlagan, ular orasida Tojikiston ham bor.

«Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ayrim tojik banklarining mazkur sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi munosabati bilan chuqur tashvish va taassuf izhor qiladi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Tojikiston xalqaro majburiyatlarga qat’iy amal qiladi va sanksiyalardan chetlanish bilan bog‘liq xavflarni oldini olish uchun hamkor davlatlar bilan yaqin hamkorlikka tayyor. Shuningdek, hukumat vaziyatni chuqur o‘rganayotgani va sanksiyalar oqibatlarini yumshatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rayotgani qayd etildi.

Avvalroq Qirg‘iziston ham YeIga murojaat qilib, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan qirg‘iz banklari bo‘yicha xolis xalqaro tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan edi. Rasmiy Bishkek YeIni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan strategik sheriklikni mustahkamlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ko‘maklashish bo‘yicha o‘z bayonotlariga amal qilishga chaqirdi.

Qirg‘iziston TIV YeIga sanksiyalar joriy etish asos bo‘lgan ma’lumotlarni tekshirish uchun mustaqil xalqaro audit tashkil etishni taklif qildi. Vazirlikning ta’kidlashicha, bu qarorlar faktlarga emas, balki taxminlarga asoslanmaganini aniqlash imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid

Dushanbe Yevroittifoqning Tojikiston banklariga sanksiya qo‘llashiga norozilik bildirdi | Vaqt.uz