add

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan «zamhokim» ishdan olindi

Bugun 18:355282 Daqiqa

Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan «zamhokim» ishdan olindi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Ekologiya qo‘mitasi inspektoriga kuch ishlatib, Milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketgani haqida xabar berilgandi. Ekologiya bo‘yicha tuzilgan Maxsus komissiyaga ko‘ra, hokim o‘rinbosari hodisa sabab ishdan olingan.

«Mazkur holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan ishchi guruh tuzildi va o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish ishlari natijasida Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari S.Xizirov lavozimidan ozod etildi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Yakuni bo‘yicha hokim o‘rinbosarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi aytildi.

Ma’lumot uchun, Ekologiya qo‘mitasi inspektori Axrorjon Niyozov aholi murojaati asosida holat joyiga borib, noqonuniy daraxt kesilishini aniqlagan va holatni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan.

Ammo uning qonuniy faoliyatiga tuman hokimi o‘rinbosari Sayidjon Xidirov tomonidan zo‘ravonlik yo‘li bilan qarshilik qilingan. Guvohlarning aytishicha, vazifasini bajarayotgan inspektor avval asossiz kaltaklangan, keyin esa milliy gvardiya va IIB xodimlari yordamida kuch bilan hududdan olib chiqilib, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Reyd davomida tumanning Nayman MFY hududidagi zovur atrofida noqonuniy daraxt kesish holati tasdiqlangan. 26 to‘p kam qimmatli daraxtning qonunga xilof ravishda kesilgani aniqlangan. Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bo‘yicha bayonnoma tuzilib, 10,3 million so‘m jarima hamda 45,8 million so‘mlik atrof-muhitga yetkazilgan zarar hisoblab chiqilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan «zamhokim» ishdan olindi | Vaqt.uz