add

Ekstremistlar SI orqali pandemiyaga sabab bo‘luvchi bioqurol yaratishi mumkin — ekspertlar

Kecha 15:53472 daqiqa

Mutaxassislarning aytishicha, mavjud va rivojlanayotgan SI vositalari texnik jihatdan pandemiya boshlab yuborishi mumkin bo‘lgan bioqurol yaratishda qo‘llanilishi mumkin.

Ekstremistlar SI orqali pandemiyaga sabab bo‘luvchi bioqurol yaratishi mumkin — ekspertlar

Dunyodagi yetakchi mutaxassislar sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha majlisda SI yordamida ekstremistlar tomonidan laboratoriya sharoitida yaratilgan, keng ko‘lamli pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biologik patogenlar haqidagi gipotetik ssenariyni muhokama qildi.

Euronews yozganidek, muhokama qilingan modelda milliardga yaqin odam zararlanishi, o‘n millionlab o‘limlar qayd etilishi ehtimol sifatida baholandi.

Ta’kidlanishicha, bu g‘oya fantastik asarlarga xos tuyulsa-da, 14 nafar xalqaro ekspert SI rivojining shiddati tufayli bunday tahdid yaqin yillarda reallashishi mumkinligini bildirdi. Ularning fikricha, sun’iy intellekt meditsinaga ulkan imkoniyatlar yaratib, yangi dori vositalari va vaksinalarni ishlab chiqishda katta yordam berayotgani bilan birga, qiyoslab bo‘lmas darajada xavf ham yuzaga keltirishi mumkin.

Fevralda «Yadroviy tahdid tashabbusi» va «Myunxen xavfsizlik konferensiyasi» tomonidan chaqirilgan guruhning xulosalariga ko‘ra, mavjud va paydo bo‘layotgan SI asosidagi biologik vositalar yangi, yuqori xavfli patogenlarni yaratish imkonini beradi. Eng qo‘rqinchi — joriy xavfsizlik mexanizmlari bu yangi tahdidlarni bartaraf etishga hali tayyor emas. Shu bois ular xalqaro yetakchilarni AI orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan biologik xatarlarni baholash va ularga javob qaytarishda yaqin hamkorlik qilishga chaqirdi.

Shu bilan birga, mutaxassislar AIni tartibga solish choralari ilmiy innovatsiyalarga ortiqcha cheklovlar qo‘ymasligi lozimligini eslatdi. Ular xavflarni kamaytirish bilan birga, AIning inson salomatligi va biotexnologiya rivojiga qo‘shadigan imkoniyatlarini ham asrab qolish muhimligini qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid