add

Eldor Shomurodov yozda jamoasini o‘zgartirashi mumkin

24.06.2025 | 19:3019383

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga Italiyaning «Kremoneze» va Turkiyaning «Bashakshehir» klublari qiziqish bildirmoqda. «Roma» futbolchini 30 iyungacha sotishni rejalashtirgan.

Eldor Shomurodov yozda jamoasini o‘zgartirashi mumkin
O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bu yozda jamoasini o‘zgartirashi mumkin. Bu haqda Sportitalia va Euro-Football manbalari xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga Italiya A Seriyasiga qaytgan «Kremoneze» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Turkiyaning «Bashakshehir» klubi ham Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Longari «Roma» klubi Eldor Shomurodovni 30 iyungacha sotishni rejalashtirgan. Futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. 2024/25 yilgi mavsumda Shomurodov «Roma» safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 7 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Eldor Shomurodovning bozor bahosi 7 million yevroga teng. «Kremoneze» klubi o‘tgan mavsum A Seriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va yangi mavsumda Italiyaning elita divizionida ishtirok etadi. Bu holat Shomurodov uchun Italiyada faoliyatini davom ettirish uchun qulay imkoniyat bo‘lishi mumkin. Futbolchi kelajagiga bog‘liq yakuniy qaror yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Eldor Shomurodov yozda jamoasini o‘zgartirashi mumkin | Vaqt.uz