add

Eldor Shomurodovning kelajagi deyarli aniq bo‘ldi

09.07.2025 | 23:2712851

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning «Roma» klubidan Turkiyaning «Bashakshehir» jamoasiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar yakuniga yaqinlashmoqda.

Eldor Shomurodovning kelajagi deyarli aniq bo‘ldi
Futbol insayderi Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, «Bashakshehir» klubi Shomurodovni 3 million yevrolik ijara puli evaziga olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, shartnomada 2,7 million yevro miqdoridagi majburiy sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan. Transfer shartlariga ko‘ra, agar kelgusida «Bashakshehir» Shomurodovni boshqa klubga sotsa, «Roma» klubi umumiy summadan 10 foiz ulush oladi. Hujumchi bilan 2 yillik shartnoma tuzilishi, shuningdek, 1 yillik avtomatik uzaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Eldor Shomurodovning kelajagi deyarli aniq bo‘ldi | Vaqt.uz