add

«Emmanuel-l-l», «Donald-d-d»: Tramp dunyo yetakchilari bilan muloqotda noodatiy yo‘l tutmoqda

29.07.2025 | 08:4034172

AQSH prezidenti Donald Tramp diplomatik qoidalardan chetga chiqib, dunyo yetakchilari bilan shaxsiy muloqot uslubini joriy etmoqda. Politico nashrining yozishicha, u xorijiy davlat rahbarlariga o‘zining shaxsiy telefon raqamini berib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishni taklif qilmoqda.

«Emmanuel-l-l», «Donald-d-d»: Tramp dunyo yetakchilari bilan muloqotda noodatiy yo‘l tutmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Isroil rahbari Binyamin Netanyahu shunday muloqotga jalb qilingan. «Bu kulgili va biroz g‘alati holat edi — Tramp hazilomo‘z tarzda «Emmanuel-l-l» deb, «l» harfini cho‘zib aytsa, Makron ham shunga javoban «Donald-d-d» deb «d» harfini uzoq cho‘zib talaffuz qilardi. Ular shunday qilib bir-birlariga navbatma-navbat murojaat qilishardi», - deya ularning muloqotidan iqtibos keltirgan nashr suhbatdoshlaridan biri. Yevropa diplomatlarining qayd etishicha, Trampning noformal uslubi dunyo yetakchilari tomonidan qabul qilinmoqda. Jumladan, iyun oyidagi NATO sammitida ushbu muloqot usuli natija ko‘rsatgan. Suhbatlardan so‘ng Tramp Yevropa mudofaasi bo‘yicha o‘z fikrini qayta ko‘rib chiqqan va alyansni qo‘llab-quvvatlash zarurligini tan olgan.

Teglar

Mavzuga oid

«Emmanuel-l-l», «Donald-d-d»: Tramp dunyo yetakchilari bilan muloqotda noodatiy yo‘l tutmoqda | Vaqt.uz