add

Endi bemorlar boshqa shifoxonaga o‘tkazilganda qabul qiluvchi shifoxonani o‘zi tanlaydi

01.12.2025 | 16:451171 daqiqa

Yangi nizom bemorlarga ixtisoslashgan tibbiy yordamni o‘z vaqtida olish imkonini kengaytirish maqsadida statsionar muassasalar o‘rtasida o‘tkazish jarayonini tartibga soldi.

Endi bemorlar boshqa shifoxonaga o‘tkazilganda qabul qiluvchi shifoxonani o‘zi tanlaydi

Adliya vazirligi statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko‘rsatma asosida boshqa shifoxonaga o‘tkazish tartibini belgilaydigan nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Nizom 2025 yil 29-noyabrda 3715-raqam bilan tasdiqlangan bo‘lib, u tibbiy yordam sifatini oshirish va bemorning ehtiyojiga mos imkoniyatlarni ta’minlashni maqsad qiladi.

Nizomga ko‘ra, bemorga zarur ixtisoslashtirilgan yordam belgilangan muassasada mavjud bo‘lmasa yoki uskunalar yetishmasa, shifokor tibbiy ko‘rsatma asosida uni boshqa muassasaga o‘tkazishga qaror qiladi. Bu jarayon bemorning holi barqaror bo‘lganida va shifokor kuzatuvida amalga oshiriladi.

Bemor qabul qiluvchi shifoxonani erkin tanlash huquqiga ega. Tanlov faqat zarur tibbiy xizmatlar va shart-sharoitlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega muassasalar doirasida amal qiladi. Bu orqali bemor ahvoliga mos sharoitda va tezkor tarzda yordam olish imkoni yaratiladi.

O‘tkazishdan oldin qabul qiluvchi shifoxonada bo‘sh o‘rinlar, zarur uskunalar va mutaxassislar mavjudligi tekshiriladi. Bu talab bemorni qabul qilishda ortiqcha kechikishlar bo‘lmasligi uchun joriy etilgan.

Bemorlarni o‘tkazish to‘liq bepul amalga oshiriladi. Shifokorlar bunda xavfsiz tashish tartiblariga qat’iy rioya qilishi shart bo‘lib, bemorning hayotiy ko‘rsatkichlari muntazam nazorat qilinadi.

Nizom joriy qilinishi mamlakatda tibbiy xizmatlarning tizimli va shaffof tarzda tashkil etilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Endi bemorlar boshqa shifoxonaga o‘tkazilganda qabul qiluvchi shifoxonani o‘zi tanlaydi | Vaqt.uz