add

Endi davlat organlari ustidan shikoyat qilish osonlashadi

Bugun 21:582242 daqiqa

Prezident Konstitutsiyaviy sud faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish haqidagi qarorni imzoladi.

Endi davlat organlari ustidan shikoyat qilish osonlashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid farmonni imzoladi.

Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

– fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;

– konstitutsiyaviy shikoyat institutini takomillashtirish va sud himoyasini kuchaytirish;

– davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan konstitutsiyaviy nazoratni ta’minlash;

– 2026–2027 yillarda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish;

– sud ishlarini yuritishda “E-KSUD” axborot tizimini joriy etish, elektron murojaatlar, onlayn kuzatuv va videokonferensiya orqali sud majlislarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;

– sud majlislarini jonli efirda uzatish, audioyozuv orqali qayd etish va elektron bayonnomalarni shakllantirish;

– davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya orqali fuqarolar va tadbirkorlarni ortiqcha ovora qilmasdan zarur ma’lumotlarni elektron shaklda olish amaliyotini joriy etish.

Farmon Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda sud tizimida zamonaviy, ochiq va xalqqa yaqin mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

To‘liq farmon matni bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin:

Teglar

Mavzuga oid