add

Endi gaz balon o‘rnatilganda «texpasport» almashtirish shart emas

1 noyabrdan boshlab avtomobilga gaz balon o‘rnatilganidan so‘ng transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini (texpasport) qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Endi gaz balon o‘rnatilganda «texpasport» almashtirish shart emas
Prezidentning 16 sentyabrda qabul qilingan «Raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-286-son qarori bilan 2025 yil 1 noyabrdan boshlab avtomobilga gaz balon o‘rnatilganidan so‘ng transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini (texpasport) qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Yangi tartibga ko‘ra, gaz balon o‘rnatilgani haqidagi ma’lumotlar endi elektron tizim orqali yuritiladi. Shu tariqa haydovchilar texpasportni almashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflamaydi. Qaror avtotransport sohasida raqamli jarayonlarni keng joriy etish va byurokratik to‘siqlarni qisqartirishga qaratilgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu tartib haydovchilar uchun qulaylik yaratib, davlat xizmatlarini optimallashtiradi. Shu bilan birga, ma’lumotlarning elektron shaklda yuritilishi idoralar o‘rtasida tezkor almashinuvni ta’minlab, yo‘l harakati xavfsizligi tizimini ham samaraliroq boshqarish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda chiroyli avtomobil davlat raqamlarini sotib olishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergan edik (https://vaqt.uz/2025/10/03/avtoishqibozlarga-qulaylik-chiroyli-avtoraqamlarni-endi-aukcionsiz-sotib-olish-mumkin/). Avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan xaridorgir raqamlarni maxsus ilova orqali xarid qilish mumkin. Shuningdek, 2026 yildan ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid