add

Endi O‘zbekistonda ruxsatsiz diniy ta’lim berganlar qamalishi mumkin

12.08.2025 | 21:4013522

Maxsus diniy ma’lumotsiz, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organidan ruxsatsiz yoki xususiy tartibda diniy ta’lim berish endi jinoyat deb topiladi.

Endi O‘zbekistonda ruxsatsiz diniy ta’lim berganlar qamalishi mumkin
Endi O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga noqonuniy va diniy tashkilotlarning ruxsatisiz diniy ta’lim berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu prezident tomonidan imzolangan qonunda keltirilgan. Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga (diniy ta’lim berish tartibini buzish) o‘zgartishlar kiritildi. Maxsus diniy ma’lumotsiz, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organidan ruxsatsiz yoki xususiy tartibda diniy ta’lim berish endi jinoyat deb topiladi. Bunday harakatlar uchun 50 dan 100 BHM gacha (20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha) jarima, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, uch yilgacha tuzatish ishlari, uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Hozirgi kunda fuqarolarga, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga diniy ta’limotlarni o‘rgatish tartibini buzish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. O‘zgartishlar hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid