add

Endilikda yo‘l qoidabuzarliklarini sun’iy intellekt aniqlaydi

24.06.2025 | 23:0049202

Yangi tizim ma’lumotlarni kamera yozuvlari bilan avtomatik solishtirish orqali ish olib boradi.

Endilikda yo‘l qoidabuzarliklarini sun’iy intellekt aniqlaydi
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashda sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot anjumanida ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, yangi tizim ma’lumotlarni kamera yozuvlari, yo‘l harakati qoidalari va qoidabuzarlik tarixi bilan avtomatik solishtirish orqali ish olib boradi. Agar sun’iy intellekt ma’lumotlar orasida nomuvofiqlikni aniqlasa, holat qo‘shimcha tekshiruvga yuboriladi. Loyiha inson omili va texnik xatoliklardan kelib chiqadigan tortishuvli holatlarni kamaytirishga qaratilgan. 2024 yilda haydovchilar kameralar orqali belgilangan jarimalarning qariyb 10 foiziga e’tiroz bildirgan. Hozircha tizim sinov bosqichida. To‘liq ishga tushirilishi yaqin oylarda rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid