add

«Eng kitobxon oiladan ijodkor bolalargacha» – Surxondaryoda festival g‘oliblari aniqlandi

26.09.2025 | 08:2042543

Termizda kitobsevarlar uchun festival bo‘lib o‘tdi, unda kitobxonlik madaniyatini oshirish va yoshlarni mutolaaga chorlash maqsad qilindi.

«Eng kitobxon oiladan ijodkor bolalargacha» – Surxondaryoda festival g‘oliblari aniqlandi
Termiz shahridagi «San’at saroyi» majmuasida aholi orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va mutolaaga qiziqishni oshirish maqsadida «Kitobxonlik festivali» tashkil etildi. Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida o‘tkazildi. Festivalda Surxondaryo viloyati hokimligi, ta’lim muassasalari va bolalar kutubxonalari vakillari, kitobsevar o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda ko‘plab qiziqarli ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. Final bosqichida eng faol ishtirokchilar aniqlanib, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Xususan, «Eng kitobxon maktab», «Eng faol kitobxon o‘quvchi», «Ijodkor bolalar», «Eng kitobxon oila» hamda «Eng faol kutubxonachi» kabi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi. Festival davomida kuy-qo‘shiqlar yangrab, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbirning eng qiziq jihatlaridan biri sifatida festival estafetasining Qashqadaryo viloyatiga topshirilishi bo‘ldi. Shu bilan kitobxonlik bayrami boshqa hududlarda ham izchil davom etadi. Tashkilotchilarning aytishicha, bu kabi festivallar yoshlarda kitobga mehr uyg‘otish, ota-onalar e’tiborini mutolaaga qaratish va kitobxonlikni milliy qadriyat sifatida mustahkamlashga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid