add

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Bugun 11:552 daqiqa

Markaziy bank 2026 yil 12-yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bankning 2026 yil 12-yanvar holatiga oid ma’lumotlariga ko‘ra, yangi haftada mikrokredit va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘tgan haftaga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Bu kredit bozorida barqarorlik saqlanayotganini ko‘rsatadi.

Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 32,0 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada ushbu ko‘rsatkich 31,6 foiz atrofida bo‘lgan edi. Shu tariqa, mikrokreditlar segmentida o‘rtacha stavka biroz oshgani kuzatildi. Eng past mikrokredit stavkasi yangi haftada “Infinbank”da 24,0 foiz darajasida qayd etildi. O‘tgan haftada esa eng maqbul taklif “Aloqabank” tomonidan 23,2 foizda taklif qilingan edi. Demak, eng past segmentda ham yengil o‘sish mavjud.

O‘rta segmentda “Trastbank”, ”Mikrokreditbank“ va “Aloqabank”da mikrokredit stavkalari 24,4–25,1 foiz oralig‘ida shakllandi. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan haftadagi 24–26 foiz diapazoniga yaqin qolgan. Yuqori foizli segmentda esa o‘zgarishlar kam: “Anorbank” va “Tengebank” yangi haftada ham eng qimmat mikrokreditlarni taklif qilib, stavkalar mos ravishda 41,2 va 42,7 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada ham aynan shu banklar eng yuqori stavkalar qatorida bo‘lgan.

1

Avtokreditlar bozorida yangi haftada o‘rtacha foiz stavkasi 23,2 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 23,6 foiz atrofida edi. Demak, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkada biroz pasayish qayd etildi. Yangi haftada eng past avtokredit stavkasi “Infinbank”da 16,5 foiz darajasida belgilandi. O‘tgan haftada esa eng maqbul taklif Ipoteka bank tomonidan 20,0 foiz atrofida taqdim etilgan edi.

O‘rta segmentda ”Orient Finans bank”, “Aloqabank” va “Asia Alliance bank” avtokreditlarni 22–22,5 foiz oralig‘ida taklif qilmoqda, bu o‘tgan haftadagi holatga mos keladi. Eng yuqori avtokredit stavkalari yangi haftada ham “Trastbank” va “Madad Invest” bankda saqlanib, 26,7–27,9 foiz darajasida qayd etildi. O‘tgan haftada ham ushbu banklar avtokreditlar bo‘yicha yuqori segmentdan o‘rin olgan edi.

2

Umuman olganda, yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha yengil o‘sish, avtokreditlarda esa biroz pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, kredit bozorida keskin o‘zgarishlar qayd etilmadi. Bu holat banklar kredit siyosatida ehtiyotkorlik saqlanayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid