add

Erdo‘g‘an o‘z o‘rnini o‘g‘liga bo‘shatib beradimi? — Anqarada vorislik masalasi muhokamada

Kecha 23:305 daqiqa

Ilgari Erdog‘anning o‘rnini kim egallashi haqida gapirish mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, hozir vorislik masalasi yopiq eshiklar ortida tez-tez muhokama qilinyapti. «Bloomberg» Prezidentning o‘g‘li — Bilol Yerdo‘g‘anning omma oldida tez-tez ko‘rinishi bejiz emasligi haqida yozdi.

Erdo‘g‘an o‘z o‘rnini o‘g‘liga bo‘shatib beradimi? — Anqarada vorislik masalasi muhokamada

Turkiya siyosatida yigirma yildan ortiq hukmronlik qilib kelayotgan Rajab Toyyib Эрдўған davrida vorislik masalasi uzoq vaqt davomida taqiqlangan mavzu bo‘lib kelgan. Biroq, endi bir ehtimoliy nomzod ko‘zga tashlana boshladi.

Har bir qadam Эрдўған va uning yaqin atrofidagilar tomonidan sinchiklab rejalashtiriladigan mamlakatda, prezidentning kenja o‘g‘li jamoatchilik oldida ancha faollashgan. Davlat axborot agentliklarida Bilol Эрдўғаннинг faoliyati haqida muntazam xabarlar berilmoqda. Otasi uni so‘nggi prezidentlik muddati davomida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuvdan tortib, Pokiston, Malayziya va Qatar safarlarigacha o‘zi bilan birga olib yuribdi.

Bilolning siyosatga kirishi ehtimoli

Anqaradagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) doiralarida hokimiyat tranziti yopiq eshiklar ortida tez-tez muhokama qilinadigan mavzuga aylangan. Ushbu nozik masalani ochiqlashni istamagan manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Bilolning siyosatga kirishi va kelajakda rahbar bo‘lishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Turkiyaning eng uzoq vaqt boshqargan yetakchisining o‘rnini kim egallashi yillar davomida xorijiy investorlar va oddiy turklarni qiziqtirib kelayotgan savol edi. Biroq Эрдўғаннинг siyosiy harakati ichida 71 yoshli rahbar hamon shaxsga sig‘inish darajasidagi nufuzga ega va uning sog‘lig‘i yoki kelajagi haqidagi har qanday gap-so‘zlar darhol bostiriladi.

«Bloomberg»ga ko‘ra, Erdo‘g‘anning to‘rt farzandidan ikkinchisi bo‘lgan 44 yoshli Bilol hozircha siyosiy ambitsiyalari borligini inkor etib keladi. Shuningdek, vorislikni rejalashtirish hali boshlang‘ich bosqichda va bu saylovchilar tomonidan salbiy qabul qilinishi ham mumkin.

Raqiblarning chetlatilishi: Imomo‘g‘li faktori

Biroq, Эрдўған uchun vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Mamlakat ichida inflatsiya hamda Markaziy bank zaxiralari kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar 2023 yilgi saylovlardan beri yaxshilandi, Эрдўғаннинг eng ashaddiy raqibi esa chetlatildi. Xorijda esa Turkiya Yaqin Sharqni shakllantirishda kattaroq rol o‘ynamoqda.

Manbalarga ko‘ra, Garvard universitetining davlat boshqaruvi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan Bilol norasmiy siyosiy yetakchilik tayyorgarligidan o‘tmoqda va sodiq tarafdorlar tarmog‘ini shakllantiryapti. U AK Partiya va hukumat uchun yuqori martabali mulozimlarni tanlashda yaqindan ishtirok etyapti.

Yanvar oyi oxirida Qatarda joylashgan «Al Jazeera» media tarmog‘ining «Atheer» podkastiga bergan intervyusida Bilol boshqa islom davlatlari uchun kuchli Turkiyaning bo‘lishi foydali ekanini aytdi va otasidan keyin nimalar bo‘lishi kerakligiga ishora qildi.

«Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu yo‘lda mehnat qildi va mehnat qilishda davom etmoqda. O‘ylaymanki, biz — undan keyin keluvchilar, xoh siyosatda, xoh ijtimoiy hayotda, fuqarolik jamiyati yoki ta’limda bo‘lsin — xuddi shu ruhni yuksaltirish uchun ishlashimiz kerak», — degan edi u.

Erdo‘g‘an hokimiyatga o‘zining siyosiy islom brendi bilan avval 2003 yilda bosh vazir, keyin esa kengaytirilgan vakolatlarga ega prezident sifatida keldi. Hozirgi vaqtda u 2028 yilgacha belgilangan yakuniy prezidentlik muddati bilan cheklangan. Ammo uning oilasi va AK Partiya rahbariyati uning vakolatlarini yana besh yilga uzaytirish istagida.

Agar parlament muddatidan oldin saylov e’lon qilsa yoki konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilsa, Erdo‘g‘an yana ikki yildan sal ko‘proq vaqt ichida o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi.

Uning eng kuchli raqibi, Istanbul meri Akram Imomo‘g‘li ayni damda qamoqda va korrupsiya hamda jinoiy guruhga rahbarlik qilish ayblovlari bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi xavfi ostida turibdi. Imomo‘g‘li bu ayblovlarni siyosiy motivga ega deb hisoblaydi. Uning hibsga olinishi ommaviy noroziliklarga va Turkiya aktivlarining qadrsizlanishiga sabab bo‘lgan edi. Bu vaziyat Imomo‘g‘lining saylovlarda qatnashishiga to‘sqinlik qilish ehtimolini oshiradi.

Agar Эрдўған saylovda g‘alaba qozonsa, u asta-sekin o‘g‘liga yo‘l ochib berishi va uni ovoz berish orqali AK Partiya raisi etib tayinlashi mumkinligini partiya insayderlari taxmin qilmoqda. Shuningdek, ular Эрдўған keyinchalik Bilolni vitse-prezident etib tayinlashi mumkinligini qo‘shimcha qilishdi (bu konstitutsiyaviy jihatdan mumkin). Agar Yerdo‘g‘an o‘z lavozimidan ketsa va prezidentlik o‘rni bo‘shab qolsa, 45 kun ichida yangi saylovlar o‘tkazilishi lozim.

Эрдўғаннинг ofisi, partiya rasmiylari va uning o‘g‘li izoh berish so‘rovlariga javob qaytarmadi. Bu siyosiy rejalar muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat yo‘q. Biroq ichki va xalqaro vaziyat hozircha Erdo‘g‘an foydasiga ishlamoqda.

Amaldagi prezident obro‘si

Erdo‘g‘an Suriyadan Somaligacha bo‘lgan hududlarda xalqaro nufuzi ortib borayotgani, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Saudiya valiahd shahzodasi bilan aloqalaridan kuch olmoqda. Mamlakatning asosiy muxolifat partiyasiga qarshi ko‘rilgan keskin choralar Erdo‘g‘anning ichki obro‘siga deyarli ta’sir qilmadi — Imomo‘g‘li uchun boshlangan noroziliklar tezda tugadi, Yevropa yetakchilari esa uni tanqid qilishga botinmayapti.

Erdo‘g‘an uchun eng katta xavf — millionlab pensionerlar va boshqa saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashini kamaytirishi mumkin bo‘lgan kuchli yashash narxi inqirozidir. Shunga qaramay, «Bloomberg Economics» ma’lumotlariga ko‘ra, inflatsiyaning (garchi sekin va 30 foizdan yuqori bo‘lsa-da) pasayishi iste’molchilar kayfiyatini ko‘tarishi va saylov natijalariga ta’sir qilishi mumkin.

Yana bir muhim savol — kurd separatistlari bilan jangovar harakatlarni tugatish bo‘yicha boshlangan tinchlik jarayonining kelajagi. Erdo‘g‘an bu mojaroning tugashini o‘z g‘alabasi sifatida taqdim etishi mumkin, ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u millatchilarning qo‘llab-quvvatlashini saqlab qolish uchun yana qattiq siyosatga qaytishi mumkin.

Amaldagi prezident o‘z siyosiy harakatini to‘liq nazorat qiladi va bu unga partiya rahbarligiga vorisni, jumladan, o‘g‘lini tanlash imkonini beradi. Partiyaning nufuzli shaxslari hamda Turkiyaning fuqarolik va harbiy byurokratiyasidagi yuqori lavozimli shaxslar Bilolning bir nechta yoshlar tashkilotlaridagi rahbarligini va islomiy guruhlar bilan yaqin aloqalarini jamoatchilik qo‘llab-quvvatlashiga erishish va hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish uchun muhim omil deb hisoblaydi.

«Turk qahvasi va espresso»

U partiyaning ijtimoiy muvozanatini saqlab qolishga qodir taqvodor musulmon sifatida tanilgan. Bilol o‘zini tez-tez G‘arb qadriyatlarini tushunadigan, lekin islom olamiga sodiq qolgan mo‘’tadil shaxs sifatida ko‘rsatib keladi. 1-yanvar kuni Bilol G‘azoni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan ko‘p ming kishilik namoyishga boshchilik qildi. 

«Keling, shunday qilaylikki, farzandimiz turk qahvasining ta’mini bilmay turib, espresso ishqibozi bo‘lib qolmasin», - degan edi u o‘tgan oy «Atheer» nashriga bergan intervyusida.

 

Teglar

Mavzuga oid