add

Erdo‘g‘an: «Payg‘ambarlarni haqorat qilganlar javobgarlikka tortiladi»

02.07.2025 | 08:305584

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an payg‘ambar Muhammad (s.a.v) va boshqa payg‘ambarlarga nisbatan haqoratli xatti-harakatlar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qildi. U buni millatning muqaddas qadriyatlarini himoya qilish yo‘lidagi qat’iy pozitsiyasi deb ta’kidladi.

Erdo‘g‘an: «Payg‘ambarlarni haqorat qilganlar javobgarlikka tortiladi»
Turkiya rahbari bu bayonotini «X» ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi. Uning ta’kidlashicha, 26 iyun kuni satira ko‘rinishida chiqarilgan «Leman» jurnali sonida payg‘ambar Muhammad va Muso alayhissalomlar surati tushirilgan karikatura chop etilgani mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmas holatdir. Unda payg‘ambarlar xarobazorga aylangan shahar ustida qo‘l berib ko‘rishgan holda tasvirlangan va bu Isroil-Eron mojarosi fon yo‘nalishida taqdim etilgan. Erdo‘g‘an bunday harakatlarni «satira niqobi ostida amalga oshirilgan yovuz va jirkanch buzg‘unchilik», deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya xavfsizlik va sud organlari mazkur nafrat asosidagi jinoyat bo‘yicha darhol chora ko‘rgan: jurnal musodara qilingan, tegishli tergov ishlari boshlangan. Prezident o‘z so‘zlarida bu kabi amallarni sodir etuvchi «milliy qadriyatlar va odob-ahloqdan mahrum kimsalarning xatti-harakati mutlaqo qabul qilinmasligi»ni alohida qayd etdi. U yoshlardan bunday vaziyatda g‘azab tufayli aqlni yo‘qotmasliklarini so‘radi va mamlakatda Adolat va taraqqiyot partiyasi hokimiyatda ekan, muqaddas qadriyatlarni haqorat qilganlar jazosiz qolmasligini bildirdi. Karikatura chop etilishi mamlakat jamiyatida katta norozilik keltirib chiqardi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Istanbuldagi «Leman» jurnali ofisi oldida norozilik namoyishchilari to‘planib, ayrimlari binoga kirib borishga urinishgani ko‘ringan. Islomda payg‘ambarlarning tasvirini chizish taqiqlangan bo‘lib, bu Muhammad payg‘ambarga ham va bir vaqtning o‘zida yahudiylik va nasroniylikda ham ulug‘lanadigan Muso payg‘ambarga ham taalluqlidir.

Teglar

Mavzuga oid