
Erkinjon Turdimovning ukasi yangi lavozimga tayinlandi
13.10.2025 | 19:4019831
Shavkatjon Oqbo‘tayevich Turdimov – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning ukasi Shavkatjon Oqbo‘tayevich Turdimov – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Turdimov departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shavkatjon Turdimov 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.





